Yashil yo'lak (roman)
Asl nomi | The Green Mile |
---|---|
Muallif(lar) | Stephen King |
Mamlakat | AQSH |
Janr(lar)i | Sehrli realizm, western gotika, Dark fantaziya |
Nashr etilgan sanasi | 1996-yil |
Yashil yoʻlak - amerikalik yozuvchi Stiven Kingning 1996-yilda yozilgan seriyali romani. Aybsiz boʻlsada, oʻlim jazosiga hukm qilingan mahbus John Coffey va qamoqxona nazoratchisi Paul Edjekombning uchrashuvidan boshlab hikoya qilinadi[1].
Syujeti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Paul oʻlimga mahkum boʻlganlar qamoqxonasida qoʻriqchilar boshligʻi boʻlib xizmat qiladi. Bu qamoqxona yashil rangli poli tufayli Yashil yoʻlak deb ataladi. Yoʻlak oxiridagi xonada qatl uchun elektr stul bor boʻlgan xona joylashgan. Qoʻriqchilar jami 3 ta boʻlgan va 1932-yilda gubernatorning qarindoshi boʻlgan shavqatsiz Persi ham nazoratchilar safiga qoʻshiladi. Kuzda qamoqxonaga 2 nafar oq tanli qizlarni zoʻrlash va oʻldirishda ayblangan John Coffey ismni bahaybat qora tanli ham oʻlimga hukm qilinadi va qamoqxonaga keltiriladi. Koffe juda muloyim, oqkoʻngil inson boʻlib, qorongʻulikdan qoʻrqadi.
Paul John Coffey haqida gazetadan oʻqib bilib oladi. Tunda qishloqdagi ishchilardan birining 2 nafar qizi gʻoyib boʻladi. Uzoq izlanishlardan soʻng, qizlar yalangʻoch holda John Coffeyning qoʻlida yotgan holda topiladi. Garchi itlar boshqa iz topgan boʻlsada, aybdor John Coffey ekanligiga hech kimda shubxa qolmaydi.
John Coffey oʻzidagi moʻjizaviy qobiliyati orqali Paulni anchadan buyon qiynab kelayotgan kasalligini davolaydi. Shundan soʻng qamoqxona rahbari Murning xotinini ham xuddi shu moʻjiza orqali davolaydi. Shundan soʻng Koffening oʻzi ham kasal boʻlib qoladi.
Va nihoyat John Coffeyning qatl kuni yetib keladi. John Coffey Paulga odamlarni dardini oʻziga olishdan charchaganini, ketmoqchi ekanligini aytadi. Qatl vaqtida qamoqxona xodimlari yigʻlashadi. Ular bilishardiki, xudoning moʻjizasini oʻldirishayotgan edi.
Koffening teginishi tufayli Paul 104 yil umr koʻradi. U eski omborga kirganda, u yerda sichqon janob Jinglzni uchratadi. Shu vaqtda dunyodagi eng keksa sichqon vafot etadi[2].
Asar qahramonlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Paul Edgecombe
[tahrir | manbasini tahrirlash]Asarning bosh qahramoni va hikoya qiluvchisi. Oʻlimga hukm qilinganlar qamoqxonasining bosh nazoratchisi. Asar voqealari 1932-yilda sodir boʻladi va shu vaqtda Paul 40 yoshda edi. Gʻamxoʻr, janjallarni xush koʻrmaydigan va oʻz blokida tinchlikni saqlashga harakat qiluvchi inson. U oʻzidagi siydik yoʻllari infektsiyasini davolaganida, John Coffeyning ajoyib qobiliyatlarini kashf etgan birinchi qahramondir. Qoʻriqchi Xel Murning rafiqasi Melindani miya shishi bilan davolash uchun John Coffeyni olib borish ham uning gʻoyasi.
Brutus „Brutal“ Howell
[tahrir | manbasini tahrirlash]Yashil yoʻlak asaridagi qahramonlardan biri va Paunning eng yaqin doʻsti. Baland boʻyli, obruli inson. Uning ,,brutal"(shavqatsiz) laqabi istehzo tarzida berilgan boʻlib, Howell odatda juda bosiq inson. Yoshligida Luiziana shtati futbol jamoasida toʻp surgan. John Coffey oʻldirilganidan 25 yil oʻtib, 50 yoshida yurak xurujidan vafot etgan.
John Coffey
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ikki oq tanli yosh qizlarni zoʻrlash va oʻldirishda ayblanib, oʻlim jazosiga hukm qilingan afro-amerikalik bahaybat inson. Ortiqcha gapirmaydigan, jim yuradigan, deyarli doimo yigʻlaydigan, qorongʻulikdan qoʻrqadigan personaj. Qorongʻulikdan shu darajada qoʻrqadi-ki, hatto elektr stulda ham yuzini yopadigan matoni kiydirmasliklarini iltimos qiladi.
Percy Wetmore
[tahrir | manbasini tahrirlash]U yosh va sadist qoʻriqchi. Percy xarakteri tufayli Paul va boshqa nazoratchilarga yoqmaydi. Lekin ular hech narsa qila olishmaydi, sababi Percy shtat gubernatorining qarindoshi edi. 1965-yilda ruhiy kasalliklar shifoxonasiga vafot etadi.
William „Wild Bill“ Wharton
[tahrir | manbasini tahrirlash]Asardagi antogonist personaj. U turli jinoyatlar, jumladan, homilador ayolni va boshqa ikki begunoh odamni oʻldirgan qurolli talonchilik uchun oʻlim jazosiga hukm qilingan. U „Wild Bill“ laqabini yoqtirmaydi, lekin „ Billi Kid“ deb atalishni afzal koʻradi va bu nomni hatto bilagida tatuirovka qilib yozdirib olgan.
Eduard „Del“ Delacroix
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ikki qizni zoʻrlagan va ularni oʻdirgan personaj. Qamoqda janob Jingles bilan doʻstlashadi. Elektr stulda qatl vaqtida dushmani Percy boshidagi matoni namlamaydi va buning natijasida juda azobli oʻlim topadi.
Mr. Jingles / Steamboat Willie
[tahrir | manbasini tahrirlash]Noodatiy aqlli sichqon boʻlib, yalpizli shirinliklarni yaxshi koʻradi. Percy tomonidan oyoqosti qilinganidan soʻng Coffey uni davolaydi va
64 yil umr koʻradi[3].
Mukofotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Yashil yoʻlak romani 1996-yilda ,,Eng yaxshi asar" nominatsiyasida Bram Stoker mukofotini qoʻlga kiritgan.
1997-yilda ,,Eng yaxshi asar" nominatsiyasida British Fantasy Award sovriniga loyiq koʻrilgan, bundan tashqari shu yilda shu nominatsiya boʻyicha Locus sovrinini ham qoʻlga kiritadi.
2003-yilda BBC talqini boʻyicha Buyuk Britaniyaning eng koʻp oʻqilgan asarlari roʻyxatiga kiritilgan.
Asar asosidagi film
[tahrir | manbasini tahrirlash]Frank Darabont romanni xuddi shu nomdagi badiiy film uchun ssenariyga moslashtirgan. 1999-yil ekranlarga chiqqan filmda rejissor Frank Darabont boʻlib, bosh rollarni Tom Hanks va Michael Clarke Duncan ijro etishgan. Film Oskar mukofotining 4 ta nominatsiyasida nomzod boʻlgan, jumladan Michael Clarke Duncan ,,eng yaxshi aktyor" va ,,ikkinchi plandagi eng yaxshi aktyor" nominatsiyalarida nomzod boʻlgan[4].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „The Green Mile“. Qaraldi: 2022-yil 5-avgust.
- ↑ „The Green Mile“. Qaraldi: 2022-yil 5-avgust.
- ↑ „The Green Mile (roman)“. Qaraldi: 2022-yil 5-avgust.
- ↑ „The Green Mile (1999)“. Qaraldi: 2022-yil 5-avgust.