Yaponiya aholisi
![]() | Bu maqolada manbalar <ref></ref> teglariga olinmagan, yoki umuman koʻrsatilmagan. Iltimos, qoida va koʻrsatmalarga muvofiq maqolani vikilashtiring. |
Yaponiya aholisi — 128,0 million kishi. Aholisining soni boʻyicha jahon mamlakatlari orasida oʻninchi oʻrinda turadi. Yaponiya tipik Sharq davlatlaridan boʻlishiga qaramasdan, Osiyoda birinchi boʻlib demografik koʻrsatkichlariga koʻra 11-tipdan 1-tipga oʻta oldi. Unda har 1000 aholi hisobiga tugʻilish 10 kishiga, oʻlim esa 7 kishiga toʻgʻri kelmoqda, bolalar oʻlimi koʻrsatkichlari dunyo boʻyicha eng pastdir. Shu bilan birga aholisi oʻrtacha 80 yoshdan ortiqroq umr koʻrmoqda. Yaponiya bir millatli davlat. Aholisining 99 % i yapon millatiga mansub. Yaponiyada aholining oʻrtacha zichligi 1 km. kv. maydonga 339 kishi toʻgʻri keladi. Agar mamlakat aholisining asosiy qismi umumiy maydonining 10 % ida yashashini hisobga olsak, amalda aholi yashaydigan hududlarda bu koʻrsatkich 1000 kishini tashkil qiladi. Yaponiya yuqori darajada urbanizatsiyalashgan davlatlar qatoriga kiradi. Unda jami aholining 65,8 %i shaharlarda yashaydi. Mamlakatda yirik shaharlar soni 200 dan ortadi. Eng yirik shahri mamlakat poytaxti Tokio shahri boʻlib, unda 35 mln. dan koʻproq aholi istiqomat qiladi. Aholisi 1 mln. dan ortiq boʻlgan yana 12 shahari mavjud. Mamlakatda yirik shahar aglomeratsiyalari shakllanmoqda. Tokio- Nagoya-Osaka yoʻnalishi boʻylab 600 km. dan ortiq masoaga choʻzilgan hududida dunyodagi eng yirik megalopolislardan biri boʻlgan Tokaydo tashkil topgan.Shuningdek Yaponiya sanoatlashgan va juda rivojlangan davlatlar qatorida ham yuqori oʻrinlarda turadi.
![]() | Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |