Yapon turpi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Yapon turpi, daykon — karamguldoshlar oilasiga mansub ikki yillik oʻsimlik turi, sabzavot ekini. Vatani—Yaponiya. Zakavkazye, Oʻrta Osiyo va Uzoq Sharqda ekiladi. Bargi uzun (1 m gacha), toʻpguli shingil, ikki jinsli, oq, pushti, binafsha yoki sariq rangli, chetdan changlanadi. Urugʻi yirik, yumshoq, qoʻzoqcha. Bir tup oʻsimlikdan 20—30 g urugʻ olinadi. Ildizmevasining ogʻirligi 30 kg (uz. 70—80 sm)gacha, poʻsti yupqa, sersuv, sershira, rangi oq. Tarkibida oqsil, qand, kletchatka, S vitamini bor. Yangiligida, ayrim paytlarda dorivor sifatida isteʼmol qilinadi. Ovqat hazm qilishda yaxshi foyda beradi.

YA.t. Oʻzbekistonning shimoliy r-nlarida yaxshi oʻsadi. Yapon turpining "Favorit" navi bahorda, ayrim navlari yoz (iyun) da ekiladi. Hosildorligi 8001000 s/ga.