Yannick Gerhardt

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Yannick Gerhardt (talaffuzi: Yannik Gerxardt) — nemis futbolchisi, „Wolfsburg“ klubining chap qanot himoyachisi.

Yannick Gerhardt Futbol
Umumiy maʼlumotlari
Toʻliq ismi Yannick Gerhardt
Tugʻilgan 13-mart 1994-yil(1994-03-13) (28 yosh)

Köln, Shimoliy Reyn-Vestfaliya,

Fuqaroligi
Boʻyi 178 cm
Vazni 69 kg
Pozitsiyasi chap himoyachi
Hozirgi jamoasi
Klub Flag Germanii Wolfsburg
Raqami 31
Logotip Vikisklada Wikimedia Commonsdagi media fayllar

Jamoalardagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yannick Gerhardt Germaniya yoshlar terma jamoasida

Yannick Gerhardt „Köln“ klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. 2013- yilning 20-iyulida Drezdenning „Dinamo“ klubiga qarshi oʻyinda u Ikkinchi Bundesligada debyut qilgan[1]. 1-sentabr kuni „Erzgebirge“ klubiga qarshi duelda Yannick Gerhardt „Köln“ uchun birinchi golini raqib darvozasiga kiritdi[2][3]. Mavsum oxirida Yannick Gerhardt jamoaga elitaga chiqishga yordam berdi. 2014-yil 13-sentabrda u Bundesligadagi debyutini „Paderborn 07“ klubiga qarshi o‘tkazdi[4][5]. 2015-yil 10-may kuni „Schalke 04“ klubiga qarshi kechgan duelda Yannick Gerhardt o‘zining yuqori darajadagi birinchi golini urdi[6].

2016-yil 27-may kuni xuddi shu nomdagi shaharning „Wolfsburg“ futbol klubi yarim himoyachini oʻz qarorgohiga oʻtkazishini eʼlon qildi. Shartnoma 2021-yil 30-iyungacha amal qiladi[7]. 27-avgust kuni „Augsburg“ klubiga qarshi oʻyinda u yangi klubi safida debyut qildi[8]. 18-noyabr kuni „Freiburg“ klubiga qarshi bahsda Yannick Gerhardt „Wolfsburg“ safidagi ilk golini raqib darvozasiga kiritdi[9].

Xalqaro karyerasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

2017-yilda Germaniya yoshlar terma jamoasi tarkibida Yannick Gerhardt 2017-yilda Polshada boʻlib oʻtgan yoshlar oʻrtasidagi Yevropa chempionati gʻolibiga aylandi[10][11][12]. Turnirda u Chexiya, Daniya, Italiya, Angliya va Ispaniya jamoalariga qarshi oʻyinlarda ishtirok etgan[13][14].

2016-yilning 15-noyabr kuni Italiyaga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida Yannick Gerhardt Germaniya terma jamoasi safida debyut qildi[15]. Yannick Gerhardtning singlisi Anna „Turbine Potsdam“ jamoasida o'ynaydi va yoshlar darajasida xalqaro miqyosda qatnashadi.

Statistikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Klub Mavsum Liga Kubog Kontinental Boshqa Jami
Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol
FC Köln 2013-2014 29 3 2 0 31 3
2014-2015 16 1 1 0 17 1
2015-2016 29 2 1 0 30 2
Jami 74 6 4 0 78 6
VfL Wolfsburg 2016-2017 27 0 3 0 2 0 32 0
2017-2018 17 1 4 0 21 1
2018-2019 30 2 3 0 33 2
2019-2020 18 2 2 1 5 1 25 4
2020-2021 29 2 4 2 2 0 35 4
2021-2022 27 1 1 0 5 0 33 1
Jami 148 8 17 3 12 1 2 0 179 12
Umumiy karyerasi 222 14 21 3 12 1 2 0 257 18

Yutuqlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Xalqaro yutuqlari

Germaniya (21U)

  • 1Chempion Yoshlar oʻrtasidagi Yevropa chempionati-2017

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Динамо Дрезден VS. Кёльн 1:1“ (en). soccerway.com (20-iyul 2013-yil). 30-iyul 2013-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 13-aprel 2016-yil.
  2. „Кёльн VS. Эрцгебирге 4:1“ (en). soccerway.com (1-sentyabr 2013-yil). 6-oktyabr 2013-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 13-aprel 2016-yil.
  3. Yannick Gerhardt // Transfermarkt.com (mn.) — 2000.
  4. „Падерборн 07 VS. Кёльн 0:0“ (en). soccerway.com (13-sentyabr 2014-yil). 2-aprel 2016-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 13-aprel 2016-yil.
  5. Yannick Gerhardt // As (isp.) — Madrid: Grupo PRISA, 1967.
  6. „Кёльн VS. Шальке 04 2:0“ (en). soccerway.com (10-may 2015-yil). 20-fevral 2017-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 13-aprel 2016-yil.
  7. „"Вольфсбург" приобрёл полузащитника Герхардта“ (de). www.vfl-wolfsburg.de (27-may 2016-yil). 29-iyun 2016-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 27-may 2016-yil.
  8. „Аугсбург VS. Вольфсбург 0:2“ (en). soccerway.com (27-avgust 2016-yil). 17-yanvar 2018-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 24-aprel 2017-yil.
  9. „Вольфсбург VS. Фрайбург 3:1“ (en). soccerway.com (18-noyabr 2017-yil). 16-yanvar 2018-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 16-yanvar 2018-yil.
  10. „Германия (до 21) VS. Дания (до 21) 3:0“ (en). soccerway.com (2017—06—21). Qaraldi: 21-iyul 2017-yil.
  11. „Германия (до 21) VS. Чехия (до 21) 2:0“ (en). soccerway.com (2017—06—18). Qaraldi: 21-iyul 2017-yil.
  12. „Германия (до 21) VS. Испания (до 21) 1:0“ (en). soccerway.com (2017—06—30). Qaraldi: 21-iyul 2017-yil.
  13. „Англия (до 21) VS. Германия (до 21) 2:2“ (en). soccerway.com (2017—06—27). Qaraldi: 21-iyul 2017-yil.
  14. „Италия (до 21) VS. Германия (до 21) 1:0“ (en). soccerway.com (2017—06—24). Qaraldi: 21-iyul 2017-yil.
  15. „Италия VS. Германия 0:0“ (en). soccerway.com (2016—11—15). Qaraldi: 21-iyul 2017-yil.