Yangihayot

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Yangihayot — Toshkent viloyati Oʻrta Chirchiq tumanidagi shaharcha (1973-yildan). Yangihayot stansiyasi (Toʻytepa). Aholisi 8,1 ming kishi (2004). Ya.da umumiy taʼlim maktabi, kutubxona madaniyat uyi, aloqa boʻlimi, avtokorxona, qurilish tashkilotlari bor. Umumiy ovqatlanish, savdo, madaniy va maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchalari aholiga xizmat koʻrsatadi. Poliklinika, dorixona, tish davolash punkti ishlab turibdi.