Yangiboy Doʻsumov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Yangiboy Muhammedovich Doʻsumov (1905.15.7, Toʻrtkoʻl - 1973.14.8V Nukus) — pedagog, tarixchi olim, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasining muxbir aʼzosi (1956), Qoraqalpogʻistonda xizmat koʻrsatgan fan va texnika arbobi (1965).

Qoraqalpogʻistonda birinchi tarix fanlari nomzodi (1939) va doktori (1961), professor (1965), Nukus oʻqituvchilar instituti direktor oʻrinbosari, keyin direktor (1935—40), Qoraqalpogʻiston Maorif xalq komissari va Pedagogika instituti tarix kafedrasi mudiri (1940—41). Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi (1941—45). Qoraqalpogʻiston Maorif vaziri (1945— 49). Qoraqalpogʻiston Iqtisod va madaniy instituti boʻlim mudiri (1949—59). Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Qoraqalpogʻiston filiali Tarix, til va adabiyot instituti direktori (1959—64), sektor mudiri (1964—73). Ilmiy ishlari Qoraqalpogʻistonning yangi davr tarixiga, xususan, 20-asr 1-choragidagi maorifi hamda ijtimoiysiyosiy tarixiga bagʻishlangan.

Adabiyot[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil