Yangi sharq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

"YANGI SHARQ" — ijtimoiy-siyosiy, adabiy, rasmiy gazeta. 1919-yil 1 iyuldan 1921-yilning boshlarigacha Fargona shahrida chop etilgan. Dastlab haftada 2 marta, 1919-yil sentyabrdan 1 marta chiqqan. Noshiri — dastlab Fargʻona viloyat muzofot milliy ishlar mudiriyati, soʻngra viloyat musulmonlar byurosi. Gaz. Choʻlponning "Yangi Sharq" sheʼri bilan ochilgan. "YA.Sh."da jamiyat hayotidagi oʻzgarishlar, fuqarolar urushi, maorif, til va adabiyot, madaniy hayotga oid maqolalar, sheʼrlar eʼlon qilingan. Choʻlpon, Nazir Toʻraqulov, T.QoriNiyoziy, Laziz Azizzoda, Abdulla Begiy, Hodi Fayziy va boshqalar ijodkorlarning sheʼr va maqolalari bosilgan. Gaz.ga Hodi Fayziy, Nazir Toʻraqulov va boshqalar muharrirlik qilganlar. Jami 100 soni chiqqan.