Yangi chinoz

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Yangi chinoz — Toshkent viloyatining Chinoz tumanidagi shaharcha (1992 yildan). Yangi chinoz stansiyasi (Chinoz). Viloyatning gʻarbiy qismida, Toshkent — Nukus avtomagistralida, tuman markazi (Chinoz shahri) dan 7 km narida. Sirdaryo va Chirchiq daryolari yonida. Aholisi 3,7 ming kishi (2005). Shaharchada 7 korxona, shuningdek, dehqon bozori, 20 dan ortiq savdo shoxobchasi, tijorat banki faoliyat koʻrsatadi. Sanoatining asosiy tarmogʻi — un tegirmoni va qumshagʻal karyerlari. Umumiy taʼlim maktabi, kutubxona, ambulatoriya bor. Yangi chinoz yonida daryo boʻylarida 30 dan ortiq dam olish maskani joylashgan.