Yang Hyun-suk

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Yang Hyun-suk

2016-yilda Yang Heun-suk
Tavalludi 9-yanvar 1970-yil (1970-01-09) (53 yosh)
Fuqaroligi Koreya Respublikasi
Kasbi
  • reper
  • raqqos
Turmush oʻrtogʻi Lee Eun-ju (ashulachi) (2010-hozirgacha)
Bolalari 2 nafar

Yang Hyun-suk (1970-yil 9-yanvarda tugʻilgan[1]) — janubiy koreyalik qoʻshiqchi, reper, raqqos, qoʻshiq yozuvchi va prodyuser. U 1990-yillarda „Seo Taiji and Boys“ aʼzosi sifatida shuhrat qozongan. Guruh tarqalgach, Hyun-suk Janubiy Koreyadagi eng yirik ovoz yozish kompaniyalaridan biri boʻlgan „YG Entertainment“ ga asos solgan va ushbu agentlik prodyuseri va direktori sifatida faoliyat yurita boshlagan.

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

1992-1996: Seo Taiji & Boys[tahrir | manbasini tahrirlash]

„Seo Taiji and Boys“ 1991-yilda tuzilgan. Guruh aʼzolari Seo Taiji, Lee Juno va Yang Hyun-sukdan iborat edi[2]. Guruh koreys musiqa sahnasida oʻzining „Nan Arayo“ (koreyscha: 난 알아요 „Bilaman“) singli bilan mashhur boʻlgan. Guruh turli albomlari, ayniqsa, „Shidaeyugam“ (koreyscha: 시대유감) qoʻshigʻi uchun tanqidga uchragan. Guruh 1996-yilda tarqalib ketgan va har bir aʼzo yakkaxon faoliyat bilan shugʻullana boshlagan.

1996-2019: YG Entertainment[tahrir | manbasini tahrirlash]

1996-yilda Suk „YG Entertainment“ shirkatiga asos solgan va Seo Taiji tomonidan yaratilgan qoʻshiqni oʻz ichiga olgan birinchi yakkaxon albomini chiqargan. Yang Hyun-suk oʻz kompaniyasida juda muvaffaqiyatli ijodkorlarni yetishtirib chiqargan, xususan Jinusean, 1TYM, Wheesung, Gummy, Seven, Big Bang, 2NE1, Winner, iKon, Tablo, Epik High, Lee Hi, Blackpink va Psy.

"Jazirama quyosh" klubi (koreyscha: 클럽 버닝썬) mojarosi bilan bog‘liq daʼvolar tufayli Yang Hyun-suk „YG Entertainment“ kompaniyasidagi barcha lavozimlarini tark etish rejasini eʼlon qilgan va uning ukasi Yang Min-suk „YG Entertainment“ bosh direktori lavozimidan 2019-yil 14-iyun isteʼfoga chiqish qarorini qabul qilgan[3][4].

Shaxsiy hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

2010-yil mart oyida Yang sobiq „Swi.T“ guruhi aʼzosi Lee Eun-ju bilan ishqiy munosabatda boʻlganini maʼlum qilgan. Lee Eun-jun Sechs Kies guruhi aʼzosi Lee Jai-jinning singlisi[5]. Yang va Lee Eun-jun oʻsha yili turmush qurishgan. Yang va Leening ikkita farzandi bor: Yoo Jin va Seung-hyun[6][7].

Diskografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Albomlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Yang Hyun-Suk (1998)[8]

Filmografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Teleseriallar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yil Nomi Rol Izohlar Havl.
2009 Superstar K Oʻzi Hakam [9]
2011 K-pop Star 1 YG Entertainment hakami [10]
2012 K-pop Star 2 [11]
2013 K-pop Star 3 [12]
Win: Who Is Next? Rejissyor  
2014 Mix & Match  
K-pop Star 4 YG Entertainment hakami  
2015 K-pop Star 5  
2016 K-pop Star 6  
2017 Mix Nine Hakam [13]
2018 YG Future Strategy Office Qahramon  
2018 YG Treasure Box Hakam [14]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „[캐리커처로 보는 이슈피플 양현석, 될성부른 나무는 떡잎부터 알아본다?“] (ko). Munhwa Broadcasting Corporation (21-aprel 2014-yil). Qaraldi: 26-avgust 2018-yil.
  2. Cho. „K-pop still feels impact of Seo Taiji & Boys“. The Korea Herald (23-mart 2012-yil). 26-iyun 2015-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 5-oktyabr 2022-yil.
  3. Park, So-hyun. „'논란' 양현석, YG 떠난다 "모든 직책·업무 내려놓는다" [공식입장 전문“] (ko). Xports News (14-iyun 2019-yil). Qaraldi: 14-iyun 2019-yil.
  4. Park, So-hyun. „양현석 이어 양민석도 YG 떠난다 "대표이사직 사임" [공식입장 전문“] (ko). Xports News (14-iyun 2019-yil). Qaraldi: 14-iyun 2019-yil.
  5. „Yang Hyun-Seok and Lee Eun-ju Dating for Nine Years“. KBS World (11-mart 2010-yil). Qaraldi: 11-aprel 2010-yil.
  6. „Yang Hyun-suk and Lee eun-joo Welcomes Baby Daughter“. KBS World Radio (5-avgust 2010-yil). Qaraldi: 5-oktyabr 2022-yil.
  7. „Yang Hyun Suk makes a big announcement on 'K-Pop Star'“.
  8. „Yang Hyun Suk“ (Korean). Melon.
  9. Lee. „국민 오디션 '슈퍼스타K' 24일 첫방송“ (Korean). Yonhap (23-iyul 2009-yil). Qaraldi: 1-mart 2021-yil.
  10. „보아, 양현석 박진영과 함께 'K팝스타' 심사위원 발탁“ (ko). TV Report (25-avgust 2011-yil). Qaraldi: 1-mart 2021-yil.
  11. „더욱 강력해진 'K팝 스타 시즌2' 기대해주세요!“ (ko). Wstar News (9-noyabr 2012-yil). Qaraldi: 1-mart 2021-yil.
  12. „'K팝3' 새 키워드 '공정한 경쟁' 그리고 '변화'…오디션 홍수 속 빛 발할까(종합)“ (ko). TV Report (8-oktyabr 2013-yil). Qaraldi: 1-mart 2021-yil.
  13. Kang. „[Oh!쎈 톡 '믹스나인' 측 "양현석 촬영? 'K팝'보다 3배 힘들 것"“] (ko). Osen (18-sentyabr 2017-yil). Qaraldi: 1-mart 2021-yil.
  14. 이은정. „양현석 "男그룹 선발 'YG보석함' 제작…연습생 29명 공개"“ (ko). 연합뉴스 (29-oktyabr 2018-yil). Qaraldi: 22-aprel 2021-yil.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]