Yan Rudzutak

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Rudzutak Yan Ernestovich [1887.3 (15).8, Kurlyandiya guberniyasi Goldingensk uyezdi (hozirgi Latviya) — 1938.28.7, Moskva] — Turkistonda bolshevikcha rejimni mustahkamlashda qatnashgan sovet siyosatchilaridan biri. RKP (b) MK Turkbyuro raisi (1921 y. mart— okt.), RKP(b) MK Oʻrta Osiyo byurosi raisi (192223), RKP(b) MK kotibi (1923 y. aprel — 1924 y. may). G.K.Orjonikidze bilan birgalikda Turkbyuro oʻrnida Oʻrta Osiyo byurosi (Sredazbyuro) tuzilishining tashabbuskori. Buxoro Xalq Sovet Respublikasi (BXSR) hukumati tarkibidan milliy rahbar xodimlarni chiqargan va Buxorodan surgun qiddirgan (1923 y. iyun). BXSR va XXSR ni sovetlashtirish jarayoniga rahbarlik qilgan. Keyinchalik SSSR temir yoʻllar xalq komissari (192430), SSSR XKS hamda SSSRMehnat va mudofaa kengashi raisining oʻrinbosari (1926—37). Sovet rejimiga sadoqat bilan xizmat qilsa ham qamoqqa olingan (1937 y. 24 may) va otib tashlangan.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil