Yan Pekker

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Yan Borisovich Pekker (1906.4.9, As-traxon — 1993.12.12, Toshkent) — mu-siqashunos, pedagog, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1956). Moskva konservatoriyasini tugatgach (1936), Oʻzbekiston radio qoʻmitasida musiqa eshittirishlar direktori (1936—41), Oʻzbek davlat filarmoniyasida badiiy rahbar (1944—48). Ayni paytda Toshkent konservatoriyasida oʻqituvchi (1936 yildan), kafedra mudiri (1951—60), professor (1971 yildan). Asarlari Oʻzbekiston kompozitorlik musiqa madaniyati ("V.A.Uspenskiy", 2-nashri, 1959; "G.A.Mushel", 1966), shuningdek, oʻzbek operasi rivoji ("Oʻzbek operasi", 2-nashri, 1984) masalalariga bagʻishlangan.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil