Yamin Muhammad

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Navigatsiya qismiga oʻtish Qidirish qismiga oʻtish

Yamin Muhammad (1903.23.8, Savaxlunto, Sumatra — 1962.17.10, Jakarta) — indonez yozuvchisi va siyosiy arbobi. Yangi indonez sheʼriyati va dramaturgiyasi asoschilaridan. Indonez sheʼriyatiga sonet shaklini olib kirgan. 1919-yildan yoshlar harakati va bir qator radikal partiyalar faoliyatida ishtirok etgan. Indoneziyada mustaqillik eʼlon qilingach (1945), parlament aʼzosi, adliya va maorif vaziri. Asarlarida indonez xalqini milliy birdamlikka va mamlakatni qaytadan tiklashga daʼvat etgan ("Indoneziya — mening vatanim" sheʼrlar toʻplami, 1929; "Ken Arok va Ken Dedes" dramasi, 1934 va boshqalar). Shekspir, Tagor asarlarini indonez tiliga tarjima qilgan. Ikkinchi jahon urushidan soʻng tarixiy, siyosiy va iqtisodiy mavzularda asarlar yaratgan.

Adabiyot[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Sikorskiy V., Indoneziyskaya literatura, M., 1965.