Yamato

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Yamato — Yaponiyada mil. 3-asrning 2-yarmida vujudga kelgan qabila ittifoqi; markazi hozirgi Nara shahri atrofida boʻlgan. 4-asr oʻrtalariga kelib mamlakatning katta qismini oʻziga tobe etib birlashtirgan, shu bilan birga kumaso va ebisu qabilalari qisman boʻysundirilgan. Ya. qabila ittifoqi negizida asta-sekin ilk oʻrta asr Yapon davlati shakllangan. Yaponiyada ilk temir davriga oid arxeologik madaniyatni (mil. 3-asr oxiri — 6-asrlar) ham "YA." atamasi bilan atash qabul qilingan.