Yalpi sirt

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Navigatsiya qismiga oʻtish Qidirish qismiga oʻtish

Yalpi sirt — Rossiya Federatsiyasi Yevropa qismining jan.sharqidagi platosimon qirlar. Volga va Ural daryolarining suvayirgʻichi. Sharqiy qismi tor, oʻydimchuqur. Kenglik yoʻnalishida 500 km ga choʻzilgan. Eng baland joyi 405 m. Gʻarbi Volga daryosi tomon pasayib boradi. Sharqda Janubiy Ural togʻlariga yondosh, janubida Kaspiyboʻyi pasttekisligidan pogʻonasimon koʻtarilgan. Markaziy qismida uncha baland boʻlmagan qoldiq tepalari (shixanlar)dan iborat boʻlib, bal. 50–100 m. Ya.S. paleozoy va mezozoy qumtoshlari, gil, ohaktoshlaridan tashkil topgan. Ohaktoshlarda karst relyef shakllari hosil boʻlgan. Ya.S. dan Samara, Katta Irgiz va Ural daryolarining baʼzi irmoqlari boshlanadi. Dasht oʻsimliklari oʻsadi.