Kontent qismiga oʻtish

Yalem

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Yalem (Yalem[1][2]; qadimgi yunoncha: Ἰάλεμος — „dafn qoʻshigʻi“, „yigʻi“) — Qadimgi Yunonistondagi badiiy asar (Yigʻi), shuningdek, yigʻlash xudosi.

Yalem, baʼzi versiyalarga koʻra, Apollon va Kalliopaning oʻgʻli boʻlgan. Yalemni qaygʻuli difiramblar, tragik nolalar kabi bir qator qoʻshiqlarining muallifi sifatida tilga olishadi. Yalem qoʻshiqlari oʻziga xos, jiddiy xarakterga ega boʻlib, xotira yoki taʼziya marosimi kabi alohida vaziyatlarda ijro etilgan[3].

Klassik antik davrda bu turdagi sheʼriyat oʻz mashhurligini yoʻqotgan hamda hajviy shoirlar tomonidan mashara qilingan. Bu vaqtda „yalem“ soʻzi sovuq, zerikarli va sust sheʼriyatning sinonimiga aylanib, hamma joyda shu maʼnoda qoʻllangan[4].

Qadimgi yunon shoiri Pindar oʻzining uchinchi trenodasida Yalemni Gimeney, Lin va Orfeyning akasi[5], Apollon va Kalliopaning oʻgʻli deb ataydi. „Yalem“ soʻzi keyinchalik oʻz-oʻzidan poetik janr belgisi sifatida shakllangan, shu maʼnoda bir qator tragiklarning asarlarida uchraydi. Yarim afsonaviy yunon shoiri Pamf Yalemni muza Uraniyaning oʻgʻli Lin bilan birlashtiradi. Yalemning eng batafsil tavsifi miloddan avvalgi 3-asrda ijod qilgan shoir va grammatik Rodoslik Apolloniyning Argonavtika asarida keltirilgan[6].

  1. И // А. П. Кондрашов. Кто есть кто в мифологии Древней Греции и Рима. 1738 героев и мифов. — М.: РИПОЛ классик, 2016. ISBN 978-5-386-09554-3
  2. „Иалем“. mifolog.ru. 2020-yil 5-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 5-fevral.
  3. Эсхил. Suppl. 106[utochnit]; Еврипид, 109, 283.
  4. Schol. ad Eurip. Orest. 1375, ad Apollon. Rhod. iv. 1304 ; Zenob. iv. 39.
  5. „The Classics Greek and Latin“. Univ Calif — Digitized by Microsoft.
  6. „Ялем Греческая мифология“. godsbay.ru. 2020-yil 5-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 5-fevral.