Yaldirovuq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Yaldirovuq (Yaxdirovuq) — Oʻzbekiston Respublikasi Xorazm viloyatining jan. chegarasi va Turkmanistonning shim. chegarasidagi koʻl. Yangiariq tumanidagi Oqmachit qishlogʻidan 10 km jan.sharqda, 90 m balandlikda joylashgan. Havzasi mayd. 0,68 km². Uzunligi 2 km, eng keng joyi 0,6 km. Shim.dan jan.ga choʻzilgan. Koʻl 0,4 km shimolroqda oqib oʻtuvchi Koʻllar kollektoridan kelgan yer osti va tashlama suvlaridan toʻyinadi. Suvi shoʻr.