Yakka ahmad

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

"YAKKA AHMAD" — oʻzbek xalq dostonlaridan biri. Eng mukammal varianti Ergash Jumanbulbul oʻgʻlidan yozib olingan va nashr etilgan. Dostonda Doʻrmon elining hokimlari akauka Qoraxon va Sarixonlarning farzandlari Ahmadbek va Oqbilaklarning yoshligida unashtirilishi, akaukaning oʻzaro kelishmovchiligi tufayli Sarixonning Eronga koʻchishi, Ahmadning Oqbilakni izlab yoʻlga chiqishi, Oqrabotda qirq zangini oʻldirib, Ernazarni ozod qilishi, Xonchorbogʻda Boboayyor qoʻliga asir tushishi, uni izlab otasi, onasi va singlisi Qaldirgʻochning yoʻlga chiqishi, yoʻlda ularga Ernazarning qoʻshilishi, dushman yurtdan Sarixon va Oqbilaklarning Ahmadni izlab yoʻlga tushishlari va ularning barining Xonchorbogʻda uchrashuvlari, ayyorlarni yengib, Ahmadbekni ozod qilishlari kabi sarguzasht voqealar tasvirlangan. Badiiy jihatdan mukammal sanalgan bu asar oʻzbek dostonchiligi taraqqiyotida alohida bir bosqichni tashkil etadi. Olimlar uni 16-asrda yaratilganligini taxmin qiladilar.

Adabiyot[tahrir]

  • Bulbul taronalari [5j.li], 1j., T., 1971.