Yakandoshlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Yakandoshlar (.(ipeaseaye) bir urugʻpallali oʻsimliklar oilasi. Bir yillik yoki koʻp yillik oʻtlardan, baʼzan butalardan iborat. Barglari qinli va chiziqsimon yoki silindrsimon yaproqli; baʼzi barglari reduksiyalanib, qinga aylangan. Gullari mayda, koʻrimsiz, toʻgʻri, ikki jinsli, kallaksimon, roʻvaksimon yoki soyabonsimon toʻpgullarga yigʻilgan, shamol yordamida changlanadi. Mevasi koʻp yoki 3 urugʻli koʻsakcha. Ya.ga 8 turkum, 300 ga yaqin tur kiradi. Ya. moʻʼtadil va sovuq mintaqalarda, tropiklarning baland togʻlarida koʻpincha zax, botqoq joylarda oʻsadi.