Yakan

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Yakan — yakandoshlar oilasiga mansub koʻp yillik, baʼzan bir yillik oʻt oʻsimliklar turkumi. 250 turi maʼlum. Asosan, moʻʼtadil va sovuq mintaqalarda, tropik va subtropik zonaning baland togʻliklarida tarqalgan. Oʻzbekistonda Ya.ning choʻlbaqa Ya.i yoki qizgʻish Ya., duragay Ya., egilgan Ya., yirik changdonli Ya., boʻgʻimli yoki yaltiroq Ya. va jerar Ya.i yoki qizil Ya. kabi 16 turi mavjud. Boʻyi 10—90 sm gacha, barglari qinli, gullari qoʻngʻiroq yoki sargʻishyashil, ikki jinsli soyabonsimon toʻpgullarga yigʻilgan. May — avg . oylarida gullab, sentyabr — oktyabr da urugʻlaydi. Mevasi uch urugʻli koʻsakcha. Oʻzbekistonning barcha tumanlaridagi zax, sersoya yerlarda hamda begona oʻt sifatida sholizorlarda oʻsadi. Koʻpgina turlari chorva mollari uchun yaxshi ozuqa.