Yadro texnikasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Yadro texnikasi — texnikaning yadro energiyasidan foydalanish bilan shugʻullanadigan tarmogʻi. Turli moddalarning yadroviy xossalaridan texnikada foydalanish bilan bogʻliq boʻlgan texnika vositalari va ularga doir ishlarni tashkil etish majmui. Yadro texnikasida yadro energiyasidan bevosita va bilvosita foydalaniladi.

Bevosita foydalanishga katta energiya olinadigan qator elementlarning boʻlinish (sintez) reaksiyalari kiradi. Bunda energiya atom reaktorlarida issikdik tarzida ajraladi, issiqlik esa elektr va mexanik energiyaga aylantiriladi.

Bilvosita foydalanishga yadrolarning boʻlinish mahsulotlari (radioaktiv izotoplar va nurlanish)ni sanoatda, q.h., fan va texnikada qoʻllash kiradi (qarang Izotop indikatorlar).

YA.t.ning asosiy yoʻnalishlari: reaktorsozlik; yadro yokilgʻisi ishlab chiqarish; reaktorlar uchun issiqlik ajratuvchi elementlar tayyorlash; foydalanilgan yadro yoqilgʻisini qayta ishlash; izotoplarning boʻlinishi; radioaktiv izotoplarni ishlab chiqarish; xodimlarni zararli nurlanishdan himoya qilish usullari hamda vositalarini ishlab chiqishdan iborat. Reaktorlar uchun konstruksion materiallar olish texnologiyasi (grafit, ogʻir suv, sirkoniy, berilliy va boshqalar olish ham), reaktorlar va yadro qurilmalarini avtomatik boshqarish hamda rostlashning puxta sxemasini tuzish, yadrofizikaviy va issiqlik jarayonlarini hisoblash usullari va nazariyasini yaratishda Yadro texnikasidan foydalaniladi (yana q. Atom elektr stansiyasi).