Kontent qismiga oʻtish

Raketa yonilgʻisi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Yadro Raketa Yoqilgʻisidan yoʻnaltirildi)

Raketa yonilgʻisiraketa dvigateli uchun energiya manbai sifatida ishlatiladigan modda yoki moddalar majmui. Kimyoviy va nokimyoviy Raketa yonilgʻisi bor. Kimyoviy Raketa yonilgʻisi — modda yoki moddalarning kimyoviy parchalanish yoki oksidlanish reaksiyasi natijasida issiklik energiyasi ajratadi. Energiya ajralishi natijasida hosil boʻlgan gazsimon mahsulotlar kengayib ish bajaradi. Raketa yonilgʻisi alohida saqlanadigan komponentlarning soniga qarab, bir, ikki, uch va koʻp komponentli, komponentlarning agregat holatiga qarab, suyuq, qattiq, gibrid yonilgʻili va boshqa xillarga boʻlinadi. Raketa yonilgʻisi suyuq yonilgʻili raketa dvigateli (SYORD), qattiq yoqilgʻili raketa dvigateli, gibrid yonilgʻili raketa dvigateli va boshqalarda ishlatiladi. Nokimyoviy Raketa yonilgʻisi yadro va elektr xillarga boʻlinadi. Yadro Raketa yonilgʻisi — radioaktiv parchalanish, yadrolarning boʻlinishi yoki sintezi natijasida energiya ajratadigan modda yoki moddalar. Ish jismi sifatida yoki boshqa ish jismiga energiya berish uchun qoʻllanadi. Elektr raketa dvigatelida elektr energiyasi maxsus modda (ish jismi)ga uzatiladi yoki uning manbai boʻladi. Deyarli barcha raketa dvigatellarida, asosan, kimyoviy Raketa yonilgʻisi ishlatiladi.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil