Yaʼqub Charxiy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Yaʼqub Charxiy Ibn Usmon Ibn Mahmud Al-Gʻaznaviy (taxminan 1363, Gʻazna yaqinidagi Charx qishlogʻi — 1447, Chagʻoniyon viloyatining Halgʻatu qishlogʻi) — naqshbandiya tariqatining yirik namoyandasi. 1380-yil Buxoroga kelib, madrasada tahsil oladi va Bahouddin Naqshbandga shogird tushadi. Uning vafotidan soʻng Badaxshonda, keyin esa Chagʻoniyonda yashagan. Ya.Ch. tasavvuf, fiqh, Qurʼon tafsiri boʻyicha 10 dan ortiq asar yozgan (ulardan 7 tasi bizgacha yetib kelgan). "Risolai qudsiya" ("Qudsiy kalimalar haqida risola"), "Risolai abdoliya" ("Abdollar haqida risola"), "Sharhi asmuolloh" ("Alloh ismlarining sharhi"), "Risolai unsiya" ("Doʻstlik haqida risola"), "Kitob ul faroiz" ("Meros haqida kitob"), "Risola dar manoqib va aqoid" ("Manoqib va aqoid haqida risola"), "Muxtasar dar bayoni silsilai naqshbandiya" ("Naqshbandiya suluki haqida qisqacha risola") shular jumlasidandir. Bu asarlarning aksariyati Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik instituti qoʻlyozmalar fondida saqlanadi.

Adabiyot[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Faxriddi n Ali Safiy.Rashahot, T., 2003; Maʼnaviyat yulduzlari, T., 2001; Xoja Ahror Valiyning Markaziy Osiyo tarixi va maʼnaviyatida tutgan oʻrni (Ilmiyamaliy anjuman maʼruzalari tezislari), T., 2004.