Xusravoniy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Xusravoniy (fors. shohlarga mansub) — Oʻrta Osiyo va Eron qad. bastakorlik sanʼati, xususan, Borbad ijodiga nisbat etilgan musiqiy asarlar turkumi. Dastlab, 7 qismdan iborat boʻlib, 7 xil pardada kuylanuvchi shohona (jasorat, mardlik va boshqalar) mavzularga oid (ayrimlari "Avesto" matnlaridagi) qoʻshiklardan tuzilgan. Keyinroq bular asosida oʻzga mavzular qamrovidagi turkumli asarlar yuzaga kelgan (mas, "Arus Ganji" — "Gov ganji" — "Shaboda ganji" — "Afrosiyob ganji"; "Eraj qasdi" — "Siyovush qasdi" — "Gʻamdor" — "Dodu faryod"; va boshqalar). X. turkumlari Sharq badiiy (Firdavsiy, Nizomiy Ganjaviy, Xusrav Dehlaviy, Navoiy va boshqalar) va ilmiy (Forobiy, Abu Abdulloh Xorazmiy, Muhammad Nishopuriy, Xoja Abdulqodir Marogʻiy va boshqalar) asarlarda keng taʼriflangan. Risolalarda koʻrsatilishicha, turli ommaviy tadbirlar, xususan, Navroʻz bayrami va hatto harbiy yurishlar X. turkumidagi kuy va qoʻshiqlarsiz oʻtmagan. X. keyinchalik Oʻn ikki maqom tizimi va oʻzga mukammal turkumlar shakllanishida omil vazifasini oʻtgan.

Adabiyot[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Gafurbekov T., Tvorcheskiye resursi natsionalnoy monodii, T., 1984; Borbad, epoxa i traditsii kulturi, Dushanbe, 1989.

Toʻxtasin Gʻafurbekov.