Xushvaqtov Nabi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Xushvaqtov Nabi Olimovich
Tavalludi 1964-yil
Fuqaroligi  Oʻzbekiston
Taʼlimi Oʻzbekiston Milliy Universiteti
Mukofotlari Doʼstlik ordeni

Xushvaqtov Nabi Olimovich — Shaxrisabz davlat muzey - qo'riqxonasi bosh direktori, muzey asoschisi[1]. Nabi Olimovich 1964-yilda Shahrisabz tumanining Yangi qishlogʻida tavallud topgan. Nabi olimovich oilali, 3 farzandning otasi. 1991-yilda Oʻzbekiston Milliy Universitetining tarix fakultetini tamomlagan. 1992—1995-yillarda Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi aspiranturasining arxeologiya boʻlimini tamomlagan. „Toshkent vohasining ilk paleolit ​​davri madaniyati“ mavzusida nomzodlik dissertatsiyasi ustida ishlagan. 1996-yilda Amir Temur nomidagi moddiy madaniyat tarixi muzeyini tashkil etishni boshlagan, bugungi kunda ushbu muzey direktori lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda. Qashqadaryo viloyati Shahrisabz va oʻlkashunoslik muzeylarining ilmiy konsepsiyalarini ishlab chiqish hammuallifi hisoblanadi. Nabi Xushvaktov „Shahrisabz Avesto bilan tengdosh“, „Amir Temur oʻrta asr Shahrisabzning bosh meʼmori“, „Shahrisabz badiiy meʼmorlik muzeyi qoʻriqxonasi“, „Muzeylarda axborot texnologiyalari“ nomli konsepsiyalar muallifi. „Oʻrta Osiyoda qadimgi odamlarning paydo boʻlishi va ularning muzeylarda koʻrgazmasini tashkil etish“ konsepsiyasining muallifi. Uning 15 dan ortiq ilmiy maqolalari Oʻzbekistonda va xorijda, 1 ta maqolasi Sankt-Peterburgda (hammualliflik ishi), 1 ta ilmiy-ommabop kitob (hammualliflik ishi) nashr etilgan. Xushvaqtov Nabi Olimovich bir qator xalqaro simpozium va anjumanlar ishtirokchisi. Fransiyaning Bordo universiteti bilan birgalikda ikkita grant loyihasida ishtirok etgan. Xushvaqtov Nabi Olimovich Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining oʻttiz ikki yilligi munosabati bilan fan, taʼlim, sogʻliqni saqlash, adabiyot, madaniyat, sanʼat sohalari va ommaviy axborot vositalari xodimlaridan bir guruhini mukofotlash toʻgʻrisidagi prezidentning qaroriga muvofiq „Doʼstlik ordeni“ bilan taqdirlangan[2].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]