Xurushlash

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Xurushlash (texnikada) - kattik materiallar (metall, krtishma, shisha va boshqalar) sirtiga kimyoviy va elektrkimyoviy usullarda ishlov berish. Kimyoviy ishlov kislotalar (sulfat kislota, nitrat kislota, ftorid kislota, xlorid kislota)ning suvdagi eritmasi, oʻyuvchi ishqorlar va ishqorli eritmalarda, elektrkimyoviy ishlov esa shunday muhitlar hamda tuzli eritmalarda elektr toki taʼsirida amalga oshiriladi. X. uchun maxsus vannalarga eritma toʻldirilib, buyum ana shu eritmaga botiriladi, yo boʻlmasa, uzluksiz yoki davriy ishlaydigan qurilmalarda eritmalar buyumga purkaladi. X. orqali metallar (qotishmalar) sirtidagi kuyundi (metall zaki) ketkaziladi, metall zagotovkalar zarur oʻlcham va shaklga keltiriladi, bosma sxema va klishelar sirtiga zarur qiyofa beriladi, mexanik ishlovdan keyin qolgan gʻadirbudurliklar tekislanadi, shisha sirti oʻziga xos xiraroq tusli va nakshli holga keltiriladi. Bundan tashqari, X. yordamida metallar va minerallar strukturasi aniqlanadi, metallardagi nuqsonlar topiladi. X.ning gazli, ultratovushli va boshqa usullari ham bor.