Xurshidbonu Notavon haykali, Vaterloo

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Xurshidbonu Notavan haykali ― XIX-asr Ozarbayjon shoirasi, Qorabogʻning oxirgi xoni Mehdigulu Xon Javanshirning qizi 2016-yilda Belgiyaning Vaterloo markaziy bogʻida oʻrnatilgan[1].

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

2016-yilning 18-fevral kuni Belgiyaning Vaterloo shahrida ozarbayjonlik shoira Xurshidbonu Notavon haykali ochilishi marosimi boʻlib oʻtdi. Tadbirda Ozarbayjonning Belgiya Qirolligidagi Favqulodda va Muxtor elchisi Fuad Iskenderov va Vaterlo shahri meri Florent Rotter ham ishtirok etdi. Haykal poydevorida „Xurshidbonu Notavon, Sharqning zamonaviy maʼrifatparvari va shoirasi, Qorabogʻ malikasi, Ozarbayjon“[2] deb yozilgan. Haykal Ozarbayjon xalq rassomi Tohir Salahov[3] rahbarligida haykaltarosh Imron Mehdiyev tomonidan yaratilgan.

Xurshidbonu Notavonning oʻtirgan holatda bashang kiyingan figurasi oʻzining plastik yechimi va nozik dizayni bilan ajralib turadi. Bu bronza haykalda muallif xalq orasida katta hurmatga sazovor boʻlgan shoiraning lirik-psixologik, esda qolarli obrazini yaratgan. Notavonning haykaldagi oʻychan va maʼyus qiyofasi uning hayotining ziddiyatli va iztirobli kechganligining badiiy belgisi sifatida qabul qilinadi.

Haykalga nisbatan vandalizm[tahrir | manbasini tahrirlash]

2020-yil mart Xurshidbonu Notavon haykaliga nisbatan buzgʻunchilik akti qayd etilgan. Yodgorlikdagi „Xurshidbonu Notavon, Sharqning zamonaviy maʼrifatparvari va shoirasi, Qorabogʻ malikasi, Ozarbayjon“ yozuvi buzilib, haykalga boʻyoq sepilgan. Ushbu voqeadan keyin Vaterloo politsiyasi tomonidan jinoiy ish ochilgan[4][5][6].

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Belçikada Xurşidbanu Natəvanın abidəsi“ (az). heydar-aliyev-foundation.org (2017). 2017-yil 5-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 6-aprel.
  2. „Belçikada Xurşidbanu Natəvanın heykəlinin açılışı olub“ (az). lent.az (2016-yil 18-fevral). 2020-yil 11-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 6-aprel.
  3. Nurşən Quliyev. „Belçikada Xurşidbanu Natəvanın heykəlinin açılışı olub“ (az). apa.az (2016-yil 18-fevral). 2020-yil 7-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 6-aprel.
  4. „Paşinyanın Belçikaya səfəri zamanı Natəvanın abidəsinə qarşı vandalizm törədilib, cinayət işi başlanıb“ (az). apa.az (2020-yil 10-mart). 2020-yil 11-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 6-aprel.
  5. „XİN: Belçikada Natəvanın abidəsinə qarşı vandalizmin törədilməsi ilə bağlı cinayət işi açılıb“ (az). azertag.az (2020-yil 10-mart). 2020-yil 11-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 6-aprel.
  6. „Act of vandalism committed against Natavan’s monument during Pashinyan’s visit to Belgium, criminal case initiated“ (en). news.az (2020-yil 7-mart). 2020-yil 11-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 6-aprel.