Xurmoyi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Xurmoyi — oʻrtapishar jaydari oʻrik navi. Bovdorchilik, uzumchilik va vinochilik i.t. intining Samarkand filialida Xurmoyi navi klonidan ajratib olingan. Oʻrta Osiyoda keng tarqalgan. Daraxti katta, 100 yilgacha yashaydi, shoxshabbalarining qalinligi oʻrtacha, bal. 7 —7,5 m, kengligi 8 —8,5 m. Chetdan changlanadi, iyun —iyulda pishadi. Mevasi keng tuxumsimon, zargʻaldoq, xushboʻi, shirali. Tarkibida qand miqdori 14 —16%, nordonligi 0,3%. Danagi etidan oson ajraladi. Koʻchati oʻtqazilgach, 4—5 yilda hosilga kiradi. Tupidan 200 kg gacha hosil olinadi. Mevasi yangiligida yeyiladi, konserva qilinadi va qoqi solinadi. 1959 yildan Davlat reyestriga kiritilgan. Toshkent, Andijon, Fargʻona, Namangan, Sirdaryo, Xorazm viloyatlarida rnlashtirilgan.