Xurmoy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Xurmoy, Qizil xurmoy — oʻrtapishar xoʻraki uzum navi. Vatani — Oʻzbekiston. Sharkiy ekologikgeografik navlar guruhiga mansub. X. koʻproq Oʻzbekistonda oʻstiriladi. Tupi kuchli oʻsadi. Bargi oʻrtacha, dumaloq, guli ikki jinsli. Uzum boshi oʻrtacha (200 —300 g), shakli silindrsimon, oʻrtacha zich. Gʻujumi yirik, uzunchoqovalsimon, toʻq qizil, binafsha rang, yupqa nim gʻubor bilan qoplangan. Pusti qalin etdor.

Hosili faol harorat yigʻindisi 2700° da oʻrtacha 150 kunda yetiladi. Novdalari yaxshi pishadi. Kasalliklarga oʻrtacha chidamli. Hosildorligi 160-200 s/ga. Yangiligida yeyiladi, Kjnura sakdanadi. Uzoq joylarga yuborishga chidamli.