Xumbosh baliqlar
Qiyofa
Xumbosh baliqlar (Hypophalmichthynae) — karpsimonlar oilasiga mansub chuchuk suv baliqlari kenja oilasi. Uzunligi 1 m gacha vazni 20–35 kg. Jabra pardalari baʼzan oʻzaro qoʻshilib oʻsib, toʻr hosil qiladi. Peshonasi nisbatan baland (nomi shundan). 2 turi maʼlum. Sharqiy va Jan.Sharkiy Osiyo daryolarida yashaydi. 5—7 yilda jinsiy voyaga yetadi. Yozda suv toshganida 490—560 ming uvildiriq tashlaydi. Yosh baliqlar dastlab zooplankton, keyinroq fitoplankton bilan (oq Xumbosh baliqlar) yoki aralash oziqlanishga oʻtadi (chinor Xumbosh baliqlar) Xumbosh baliqlar koʻpchilik mamlakatlarda iqlimlashtirilgan. Amur, yaʼni oq Xumbosh baliqlar Oʻzbekiston suv havzalarida ham iqlimlashtirilgan. Xumbosh baliqlar ov obʼyekti, hovuzlarda ham boqiladi.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |