Xulm (shahar)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Xulm — oʻrta asrlarda Toxaristonta tobe boʻlgan qad. shahar. Balxning sharkiy tarafida, Amudaryodan 6 farsax narida, Hindukush togʻidan oqib keladigan X. soyi boʻyida joylashgan. Uning xarobalari Toshqoʻrgʻon sh. (Shim. Afgʻoniston)ning shim.gʻarbiy tarafida boʻlgan. 7-asrda xitoy sayyoxi Syuan Szan Toxaristondagi Xulin yoki Xuyenmo mulkini qayd etib oʻtgan. U yerda 10 ta budda monastiri va 500 ga yaqin rohib boʻlgan. X. shahri 706-yil arablar tomonidan bosib olinib, vayron etilgan, lekin tez orada qayta tiklangan. 737-yil X.da arablarning qoʻrikchilari joylashgan. 9-asrda shaharda jome masjidi boʻlgan; arablarning azdiy, bakr, tamim va qays qabilalari yashagan. 10-asrda X. kichik shahar boʻlsada, koʻplab qishloklari va ekinzorlari boʻlgan keng rustoqqa ega edi. Mahmud ibn Valinyang yozishicha, X.ning havosi toza boʻlib, ertayu kech tinmaydigan shamol esgan, uni "X. shamoli" deb atashgan. 10-asrda X. daryosidan shahar atrofini sugʻorish uchun kanallar chiqarilgan. 15-asrda temuriylar davrida X.ning pul zarb etiladigan oʻz zarbxonasi boʻlgan. 17-asrda X. Balx viloyatining eng asosiy shaharlaridan hisoblangan. 18-asrda X.ning jan.sharqida Toshqoʻrgʻon shahriga asos solingan, u Hindistondan Buxoroga keladigan savdo yoʻlida muhim ahamiyatga ega boʻlgan. Keyinchalik X. astasekin tanazzulga uchrab, 19-asrning 2-yarmida tashlandiq holga kelgan.

Adabiyot[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Kamaliddinov Sh.S., Istoricheskaya geografiya Yujnogo Sogda i Toxaristana po araboyazichnim istochnikam IX — nachala XIII vv., T., 1996.