Xromtov (tuman)
| tuman | |
|---|---|
| Tarkibida | Oqtoʻbe viloyati |
| Maʼmuriy markazi | Xromtov |
| Asos solingan sanasi | 1935-yil |
| Akim | Oʻralmagʻambetov Jetkergen Tileulesuli |
| Rasmiy tillar | qozoq |
| Aholi (2013) | 41,334[1] |
| Zichligi | 3,2 kishi./km² |
| Dinlar tarkibi | Musulmonlar, Xristianlar |
| Maydoni | 12,900 km² |
| Vaqt mintaqasi | UTC+5 |
| Telefon kodi | +7 71336[2] |
| Pochta indeksi | 031100-031120[3] |
| Avtomobil raqami kodi | D, 04 |
| Rasmiy sayti | http://hromtau.aktobe.gov.kz/ |
| Xaritada | |
|
| |
| 50°15′28″N 58°26′8″E / 50.25778°N 58.43556°E | |
Xromtov tumani — Oqtoʻbe viloyatining shimoliy qismidagi maʼmuriy hudud. Yer maydoni 12,9 ming km2. Tuman 1935-yilda tashkil topgan. Aholisi 41 334 (2013);[1] kishi, oʻrtacha zichligi 1 km2-ga 3,2 kishidan toʻgʻri keladi (2013). Tuman markazi — Xromtov shahri[4].
Iqlimi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Tuman iqlimi keskin kontinental, qishi ancha sovuq, yozi issiq va qurgʻoq. Yanvar oyining oʻrtacha yillik harorati –16 — 18 °C ayrim vaqtlarda −44 °C gacha sovub ketadi. Iyul oyining yillik oʻrtacha harorati 21 — 23 °C. Yogʻingarchilikning oʻrtacha yillik miqdori 250 — 300 mm.
Aholi punktlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Oqjor (Novorossiyskoe), Boʻgetsoy, Koʻktov, Qoʻpa, Oqquduq (Kredikovka), Qudiqsoy, Qizilsuv, Maytoʻbe, Molodejnoye, Nikeltov, Oʻysilqora, Prostornoe, Sorisoy, Susanovka, Suxinovka, Tabantol, Tasoʻtkel, Troitskoe, Xromtov.
Ijtimoiy soha
[tahrir | manbasini tahrirlash]Tumanda 38 ta maktab, 1 kasbiy-texnik maktab, 3 ta bolalar bogʻchasi, madaniyat uyi, kutubxonalar, stadionlar aholiga xizmat qilmoqda. Tibbiyot sohasida kasalxona, 29 feld.-akusherlik punkt, „Mugʻaljar“ xordiq maskani aholi uchun xizmatda[5].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- 1 2 „Население Республики Казахстан“ (Russian). Департамент социальной и демографической статистики. Qaraldi: 2013-yil 27-dekabr.
- ↑ Телефонные коды
- ↑ Почтовые индексы Казахстана
- ↑ www.geonames.de Subdivisions of Kazakhstan in local languages
- ↑ Qozoq Ensilopediyasi, II tom