Xromatoforalar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Xromatoforalar (yunoncha: chroma, chromatos — rang, boʻyoq, phoros — saqlaydigan, ega boʻlgan) — suvoʻtlar sitoplazmasi tarkibida uchraydigan organoid; fotosintezdya ishtirok etuvchi pigmentlarni saqlaydi. X. pigmentlarining tarkibi suvoʻtlar turiga bogʻliq. Toʻq kizil bakteriyalar hujayrasidagi pigment saqlovchi membranali pufakchalar ham X. deyiladi. Ularda fotosintezning boshlangʻich jarayonlari roʻy beradi. X. hujayra membranasining oʻsishi va ichkariga botib kirishi natijasida hosil boʻladi. Shuning uchun X. membranalar bilan tutashib turadi.