Xromatin

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Xromatin — oʻsimlik va hayvon hujayralari yadrosidagi xromosoma moddasi. Asosiy boʻyagichlar taʼsirida kuchli rangga kiradi; hujayralar boʻlinganda xromosomalarda maʼlum shaklni oladi. "X." terminini 1880 yilda fanga nemis gistologi V.Flemming kiritgan. Hozirgi zamon sitologiyasida X. deb interfazadagi xromosoma moddasi tushuniladi. X. tarkibiga dezoksiribonuklein kislota (DNK) (30— 40%), ribonuklein kislota (RNK), gistonlar va giston boʻlmagan oqsillar kiradi. X.ning asosiy tarkibi dezoksiribonukleoproteid iplaridan iborat.