Xrom qotishmalari
Qiyofa
Xrom qotishmalari - xromga nikel (Ni), titan (Ti), vanadiy (V) va boshqa elementlar qoʻshib tayyorlanadigan issiqbardosh materiallar. Zararli suyuq va gazsimon muxitlarga bardoshli, 1200°S gacha trada mustahkamligini yaxshi saqlaydi. Asosiy kamchiligi — zarblarga uncha chidamasligi, yaʼni zarbiy qovushoqligi pastligi. Xrom qotishmalaridan suv osti kemalarining korpusi detallari, kimyoviy apparatlar, zararli suyuq va gazsimon muhitda ishlaydigan apparatlar va boshqa tayyorlashda foydalaniladi.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |