Xrapovikli mexanizm

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Xrapovikli mexanizm, xrapovik — mashinalar (velosiped, stanoklar, chigʻirlar va boshqalar)da ilgarilamaaylanma harakatni bir yoʻnalishdagi uzuq aylanma harakatga oʻzgartirish uchun moʻljallangan tishli mexanizm. Vazifasi mashinalardagi ish organining teskari tomonga aylanib ketishiga yoʻl qoʻymaslik. Asosiy kismlari: bir tomonlama qiya tishli gʻildirakcha (xrapovik), tirak tilcha (sobachka), yetakchi ri v. chag, oʻq, qoʻshim 2 ʻ cha tirak tilcha. Yetakchi richagsoat mili yoʻnalishiga teskari yoʻnalishda harakatlanganda tirak tilcha xrapovikni muayyan burchakka buradi. Richag teskari yoʻnalishda harakatlanganda tirak tilcha bir yoki bir necha tishga sirpanib oʻtadi. Qoʻshimcha tirak tilcha esa xrapovikning teskari tomonga aylanishiga imkon bermaydi. Xrapovikli mexanizm yuk koʻtarish mashinalarida chigʻir (lebyodka) barabanining yuk taʼsirida teskari tomonga oʻzoʻzidan aylanib ketishiga yoʻl koʻymaydi.