Xotima Shayxova

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Xotima Omilovna Shayxova (1929. 15.1, Toshkent) — faylasuf olima. Uzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1995), falsafa fanlari doktori (1985), professor (1988). Toshkent pedagogika institutini tugatgan (1960). Toshkentdagi oʻrta maktablarda ishlagan (1946—63). Uzbekiston Fanlar akademiyasi Falsafa va huquq institutida kichik va katta ilmiy xodim (1966—71), boʻlim mudiri (1971—87), Toshkent Oliy partiya maktabida kafedra mudiri (1987—92), Toshkent iqtisodiyot universitetining professori (1992—97). Ilmiy asarlari etika, maʼnaviy hayot, turmush tarzi, ijtimoiy adolat, tarbiyaning ijtimoiyaxloqiy va maʼnaviy muammolariga bagʻishlangan.

Manbalar[tahrir]

  • Umuminsoniy qadriyatlar va maʼnaviy kamolot(hammuallifliqda), T., 1992; Insonning maʼnaviy qiyofasi, T., 1993; Xulqodob maʼnaviyat kaliti, T., 1994; Istiqlol va ayol kadri, T., 2002.