Xosiyat Komilova

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Xosiyat Komilovna Komilova (1912.25.4, Qoʻqon - 1961.27.12, Toshkent) — tilshunos olima. Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi muxbir aʼzosi (1952), filol. fanlari nomzodi (1944), hozirgi SamDUning filol. fakultetini tugatgan (1935). Buxoro pedagogika institutida kafedra mudiri (1935—39), Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Til va adabiyot institutida katta ilmiy xodim (1944—61). K. oʻzbek tilining orfografiyasi, morfologiya va sintaksisi sohalarida ilmiy tadqiqot ishlari olib borgan ("Oʻzbek tilida tushum kelishigi vazifalari" va boshqalar). U yirik mutaxassis olimlar tomonidan tayyorlanib nashr etilgan "Hozirgi zamon oʻzbek tili" (leksikologiya, fonetika va morfologiya) nomli monografik asar hammuallifi.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Son va olmosh, T., 1953; Gapda soʻzlarning bogʻlanishi, T., 1955.[1]





  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil