Kontent qismiga oʻtish

Xorok

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Xorok (Lycopsis orientalis L.) — govzabondoshlarga mansub qishlaydigan bir yillik begona oʻt. Poyasi mustahkam, tik oʻsadi, yuqori kismi sershox, oq qilchasimon tuklar bilan qoplangan, boʻyi 20—40 sm. Barglari tukli, nashtarsimon, chekkalari butun, yuqrridagilari bandsiz. Gullari havorang, gajak toʻpgulga yigʻilgan. Ildizi oʻq ildiz. Mevasi yongʻoqcha. May—sentyabrgacha gullaydi va mevalaydi. Urugʻidan koʻpayadi. 10— 12° da urugʻlari koʻkarib chikadi. Kuzgi nihollari baʼzan qishlaydi. Oʻrta Osiyoda tarkalgan. Don ekinlari va bedapoyalarda, paxta dalalarida begona oʻt sifatida uchraydi. Ariq, kanal boʻylarida, bogʻ, uzumzorlarda, sabzavotpoliz ekinlari orasida usadi.

==Kurash choralari== angiz yumshatiladi, yer chuqur haydaladi, begona oʻtlar gullashigacha oʻriladi. Gʻalla ekinlariga gerbitsidlar purkaladi.