Kontent qismiga oʻtish

Xorionepitelioma

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Xorionepitelioma (xorion, epiteliy va yun. oma—oʻsma) — homila tuxumi tukli pardasi (xorion) epiteliysidan yuzaga keladigan xavfli oʻsma. Yosh (25—35 yashar) ayollarda uchraydi. Koʻpincha homiladorlik davrida, tugʻruq, abortdan keyin yelboʻgʻozd&n paydo boʻladi. Odatda, X. bachadonda hosil boʻladi, keyinchalik oʻpka, bosh miya, qin, jigar va boshqa aʼzolarga juda tez metastaz beradi. Asosiy belgilari: ayol jinsiy aʼzolaridan qon yoki serozqon aralash oqchil keladi (bu homiladorlik, tugʻruq va hatto klimaks davrida ham kuzatiladi). Keyinchalik toʻxtovsiz qon ketadi, bemor ozib (kaxeksiya), kamqon (anemiya) boʻlib qoladi. Davo, asosan, bemorning umumiy ahvoliga qarab olib boriladi (kimyoterapiya, gormonoterapiya, jarrohlik usuli va boshqalar).