Xorezmskaya pravda

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

"XOREZMSKAYA PRAVDA" ("Xorazm haqiqati") — rus tilida chiqadigan ijtimoiysiyosiy gazeta. Urganch shahrida haftada 2 marta chop etiladi. Muassisi: Xorazm viloyati hokimligi. Dastlab, 1921 y. 6 iyuldan Xivada "Izvestiya Polnomochnogo predstavitelstva RSFSR v Xorezmskoy Sovetskoy Respublike" (Xorazm Sovet Respublikasidagi RSFSR muxtor vakilligining madaniymaʼrifiy komissiyasi organi sifatida), keyin "Posledniye vesti" ("Soʻnggi xabarlar") nomi bilan rus tilida haftada 3 marta chiqa boshlagan. 1927 y. 21 maydan shu gaz. oʻrniga "Inqilob quyoshi" gazetasiga ruscha ilova — "Solnse revolyutsii" nashr etilgan. 1941 y. 1 yanvardan hozirgi nomda.

Gaz.ga turli davrlarda I.Bik, G. Zavelskiy, V. Nikolayev, P. Podvarkov, K. Sergeyev, G. Gulishsh, B. Pereplesnin, P. Borodin, Ye. Tipikin, V. Milgotin, O. Demchik, G. Rahimboyeva va boshqa muharrirlik qilishgan. Muharriri R. Iskandarov (1995 yildan). Adadi 1048 (2004).