Kontent qismiga oʻtish

Xoreya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Xoreya (yunoncha: chorea — raqs) — nerv sistemasi kasalligi; teztez takrorlanadigan gʻayritabiiy harakatlar, qoʻloyoqlarning toʻsatdan tortishishi, ortiqcha qisqarishi va hokazo; giperkiiyezning bir turi. X. terminini tibbiyotga nemis vrachi Paratsels kiritgan. Katta X., Kichik X. yoki Sidenxem X.si, Gentington X.si va boshqa farq qilinadi.

Revmatizmda miyaning organik oʻzgarishi (revmatik X.) yoki mustaqil surunkali irsiy kasallik sifatida kuzatiladi. X. boshlanishida xuddi revmatizmta xos alomatlar paydo boʻladi. Bunda dastlab bolada oʻta toliqish, diqqateʼtibor susayishi kuzatiladi; sekinasta uning harakatlari oʻzgaradi; bola sakraganga, oʻyinga tushayotganga oʻxshab yuradi, koʻzini pirillatadi, labini choʻchchaytiradi, qoʻlida biror narsani ushlab turolmaydi (choy yoki ovqatni toʻkib yuboradi), palapartish yozadi, yuzini burishtirib, tilini chiqaraveradi, bemor xuddi sizni masxaralayotganga oʻxshab ketadi. Keyinchalik bunday alomatlar jiddiy tus oladi. Vaqtvaqti bilan bemorning goh qoʻli, goh oyogʻi tortishib qoladi; muskul tonusi susayadi. X.ning oddini olish va davolashda vrach aytganlarini bekamu koʻst bajarish nihoyatda muhim. Odatda, revmatizmga yoʻliqqan bemorlar dispanser nazoratida boʻlishlari, agar X.ga xos andak oʻzgarish paydo boʻlsa, darhol vrachga koʻrinishlari lozim. Kasallikka murtak bezining yalligʻlanishi sabab boʻlsa, darhol uni oldirib tashlash, revmatizmni muntazam profilaktik davolash tavsiya etiladi. Kasallik oʻz vaqtida davolansa, bemor butunlay sogʻayib ketadi. X. homiladorlikda, ayniqsa homiladorlikning dastlabki oylarida ham paydo boʻlishi mumkin; koʻproq yoshligida angina, revmatizm yoki X. bilan ogʻrigan ayollarda uchraydi. Bunday bemorlar ayollar konsultatsiyasiga vaqtida murojaat etishea, kasallikning oldi olinadi. X.ning Gentington xili aksariyat oʻrta yashar va keksalarda uchraydi, nayeldannayelga oʻtadi; baʼzan ateroskleroz oqibatida vujudga keladi. Bunda qoʻloyoq va tanadagi gʻayritabiiy harakatlar tilga ham oʻtadi. Bemor gapirish, ovqat yeyish, yurishga qiynaladi, esi kirarlichiqarli boʻladi; ishga yaroqsiz boʻlib qoladi. Kasallik zoʻraygan davrida maxsus parvarish talab etiladi.