Xorda

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Xorda (yun. chorde — pay, ip) — xordali hayvonlarning elastik oʻq skeleti. Birlamchi ichak orqa qismining oʻrtasidan boʻrtib chikishi natijasida hosil boʻladi. Bu boʻrtiq keyinchalik choʻzilib, nerv nayi ustida joylashadigan boʻylama uzun ipga aylanadi. Lansetniklar, toʻgarakogʻizlilar va ayrim baliklar (yaxlitboshlilar, osyotrsimonlar, ikki xil nafas oluvchilar)da hayoti davomida saqlanib qoladi, boshqa umurtqalilar va qobiklilarda faqat embrion davrida boʻladi. Hayvon tanasi toʻlqinsimon egilganida (suzganda) X. ham segmentlashgan yonbosh muskullar taʼsirida egiladi.

Voyaga yetgan umurtqalilarda X. atrofida togʻay yoki suyak hosil boʻladi; keyinchalik togʻay siqib chiqarilishi natijasida X. umurtqa pogʻonasi bilan almashinadi; X. qoldiqlari umurtqalar tanasi oraligʻida saqlanib qoladi yoki yoʻqolib ketadi (kushlar). X. qobigʻining pishikdigi, tarangligi va tayanch funksiyasi uning hujayralari turgor holati bilan bogʻliq.