Xoletsistektomiya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Laparoskopik xoletsistektomiya (laparoskop orqali ko'rinishi)
Operatsiya vaqtidagi xolangiografiya

Xoletsistektomiya (yunonchadan: chole - oʻt, cyst - pufak , ectomy - olib tashlash) — oʻt pufagini olib tashlash operatsiyasi. Jarrohlik aralashuvisiz konservativ usullarning rivojlanishiga qaramasdan, xoletsistit uchun asosiy davolash usuli boʻlib qolmoqda. U parxezlar va ultratovush usullari foyda bermagan taqdirda buyuriladi (har yili Amerikada 500 000 dan ortiq operatsiyalar).

Qorin boʻshligʻi jarrohligi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Xoletsistektomiyaning odatda ikki turi amalga oshiriladi:

  • Oʻt pufagi boʻynidan xoletsistektomiya (oʻt yoʻli va oʻt pufagi arteriyasini bogʻlash va kesish orqali).
  • Oʻt pufagi tubidan xoletsistektomiya: oʻt yoʻliga kirishning imkoni boʻlmagan hollarda amalga oshiriladi.

Laparoskopik jarrohlik[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ushbu operatsiya narkoz ostida oʻtkaziladi. Laparoskopik xoletsistektomiya qorin devorining kesmalari orqali amalga oshiriladi. Eng koʻp qoʻllaniladigan jarrohlik texnikasi toʻrtta kesmaning bajarilishini oʻz ichiga oladi va ulardan ikkitasi 5 millimetr uzunlikda, qolgan ikkitasi 10 millimetrga teng. Qorin boʻshligʻiga jarrohlik asboblari, shuningdek, laparoskop - monitorda ichki organlarning uch oʻlchovli tasvirini koʻrsatadigan maxsus qurilma kiritiladi. SILS va NOTES texnologiyasidan foydalangan holda bitta kesmali xoletsistektomiya oʻtkazish usuli ham mavjud.[1]

Oqibatlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Aksariyat hollarda salbiy oqibatlar yoʻq. Dislipoproteinemiya xavfi ortadi. Oʻt pufagidagi toshlar tufayli xoletsistektomiya qilingan bemorlarning taxminan 40 foizida operatsiyadan keyin postxoletsistektomik sindrom oʻzini namoyon qiladi, bu xoletsistektomiya operatsiyasidan oldin boʻlgan bir xil klinik belgilarning namoyon boʻlishi (fantom ogʻrigʻi va boshqalar) va Oddi sfinkterining disfunksiyalari[2] bilan ifodalanadi. Terapiyadagi kamdan-kam uchraydigan, ammo juda qiyin asoratlardan biri bu umumiy oʻt yoʻlining shikastlanishi (kesilishlari), xolelitiozda oʻt pufagi olib tashlangan bemorlarning 0,05-2,7 foizida kuzatiladi.[3] Bunday holda, xoledoxoyeyunostomiya - umumiy oʻt yoʻli dumining och ichakka tikish oʻtkaziladi.

Eslatmalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Удаление желчного пузыря⭐ лапароскопическая холецистэктомия“ (ruscha). laparoskopiya.ru. Qaraldi: 22-aprel 2022-yil.
  2. Калинин А. В. Дисфункции сфинктера Одди и их лечение. РМЖ, 30 августа 2004.
  3. {{{заглавие}}}.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]