Xol (teri)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Xol — terining tugʻma nuqsoni, ayrim hujayralarning zoʻr berib oʻsishi. Tomirli, pigmentli, soʻgalli va boshqaX.lar boʻladi. Tomirli X. teri tomirlarining kengayishidan vujudga keladi. U kattakichik, chetlari notekis, qizgʻish yoki koʻkimtirqizgʻish tusda, usti gʻadirbudur, sergʻovak, shakli yassi, yapaloq yoki tugunchali boʻladi. Pigmentli X. melanin pigmenti bor hujayralardan, teri nervlari qobigʻining hujayralaridan vujudga keladi. X.ning soni va kattaligi turlicha: jigarrang yuzasi silliq yoki soʻgalsimon. Pigmentli X. yuzasida koʻpincha tuklar boʻladi. Soʻgalli X. qoʻngʻir tusli soʻgallar koʻrinishida koʻzga tashlanadi.

X.ni turli shikastlanishlardan va quyosh nuridan saqlash kerak. Pigmentatsiya kuchayganda yoki kamayganda, shuningdek, X. kattalashganda tezda vrachga murojaat kilish kerak.