Xokrez

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Xokrez (fors, xok — tuproq va rez — toʻqmoq, uymoq) — tuproqdan yasalgan koʻtarma, tepa. X.dan oʻrta asr harbiy strategiyasida mudofaa inshooti sifatida foydalanilgan. Odatda, xandaq bilan qalʼaning tashqi devori oraligʻida barpo etilgan. X. dushman qoʻshinlarining qalʼaga qattiq hujum qilishida qiyinchilik, kalʼa mudofaachilari uchun dushmanni kuzatish va oʻqka tutishda qulaylik tugʻdirgan. Baʼzida halok boʻlgan mudofaachilar X.ga dafn etilgan.