Xok xazinasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Xok xazinasi - hozirgi Namangan viloyati Xok qishlogʻidan 1894-yilda topilgan metall buyumlar (mil. av. 2ming yillikning 1-yarmi). Jami 6 ta buyumdan iborat boʻlib, 5 tasi jezdan va bittasi kumushdan tayyorlangan. Bular: koʻza, pichoq boʻlagi, 3 ta toʻgʻnogʻich (bittasi kumushdan yasalgan), iskana boʻlagi. Toʻgʻnogʻichlar juda mayda ishlangan boʻlib, uning bir tomoniga buzoqcha hamda sigir sogʻayotgan ayol juda ustalik bilan tasvirlangan. Xok xazinasi Fargʻona vodiysi arxeologiyasida noyob hisoblanadi. Xok xazinasi Sankt-Peterburgdagi Davlat ermitajining Sharq boʻlimida saqlanadi.