Xojabek Seitov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Navigatsiya qismiga oʻtish Qidirish qismiga oʻtish
Xojabek Seitov
Tavalludi 25-avgust 1917-yil(1917-08-25)
Vafoti 20-aprel 2001-yil(2001-04-20)
(83 yoshda)
Nukus
Fuqaroligi SSSR
Mukofotlari Oʻzbekiston xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi.jpgEl-urt khurmaty rib.pngOrder badge of honor rib.png

Xojabek Seitov (1917.25.8, Qoraqalpogʻiston Qoraoʻzak tumani — 2001.20.4, Nukus) — qoraqalpoq yozuvchisi. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi (1972). Qoraqalpogʻiston Oʻqituvchilar institutida oʻqigan (1938—41). Qoraqalpogʻiston Vazirlar Kengashi qoshidagi Radioeshittirish qoʻmitasi (1947—58) va Qoraqalpogʻiston Yozuvchilar uyushmasi raisi (1952—58). "Sovet Qaraqalpaqstani" gaz. boʻlim mudiri (1958-yildan). Poetik asarlarida ("Baxtli hayot", 1947; "Gullayotgan ovul", 1955, N. Japaqov bilan hamkorlikda; "Tong shuʼlasi", 1968 va boshqalar) qoraqalpoq xalqi turmush tarzi tasvirlangan. Oʻzbek tilida "Hayot tongi" (1954), "Toʻlqinlar" (1956), "Yaylov yulduzi" (1968) kabi asarlar yozgan. "Mashaqqatli baxt" (1959), "Kuchli shamol" (1973) romanlari muallifi. Mirtemirnit "Qoraqalpoq daftari" asarini qoraqalpoq tiliga tarjima qilgan (1959).[1][2]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Mashaqqatli baxt [roman], T., 1962; Yaylov yulduzi [sheʼrlar va doston], T., 1968.
  2. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil