Xoja Hoshim

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Avliyo

Ism

Xoja Hoshim

Tavalludi

Vafoti

1635-yil

Falsafa maktabi


Xoja Hoshim — (?—1635) — alloma va avliyo. Xoja Hoshim naqshbandiya tariqati buyuk piri murshidi, ulug‘ valiyulloh, sohibkaromat zot, atoqli tarbiyachi, alloma bo’lgan[1]. Muhammad Doro Hanafiy Qodiriyning “Safinatul avliyo”, Nosiriddin To‘raning “Ravoyihul quds”, Mirzo Salimbekning “Kashko‘li Salimiy”, K.Kattayevning “Maxdumi Aʼzam va Dahbed”, N.Yo‘ldoshevning “Buxoro avliyolari tarixi” kitoblarida va boshqa manbalarda Xoja Hoshim haqida ma’lumotlar mavjud. Maʼlumki, qutbi zamon, buyuk valiyulloh Hazrat Maxdumi Aʼzam Dahbediyning o‘g‘li Muhammad Aminxoja (Xoja Kalonxoja) edi. Xoja Kalonxojaning (1517—1596) o‘g‘li hazrat Xoja Hoshim hisoblandi. Nosiriddin To‘raning yozishicha, Alloh taolo Xoja Hoshimga ulug‘ maqom, buyuk darajalar ato etgan: “Vayro martabayi G‘avsul Aʼzam (Shayx Abdulqodir Geloniy) va maqomi Hazrat Xojai Buzurg (Bahouddin Naqshband) budaast. Va dar mashoyixi muttaaxirin va dar tabaqai Dahbediya hech yake az mashoyixro misli in martaba nabudaast. Dar zamoni vay binoi xonaqoi fayzgohi Dahbedro Yalangto‘sh Bahodurxon bino karda ast”. Hazrat Xoja Hoshim tug‘ma valiyulloh bo‘lib, yoshliklaridayoq uning karomatizohir bo‘lgan. U bolaliklarida xonaqohga kelgan kishilarning oyoq kiyimiga qarab: “Bu jannatiy, bu esa do‘zaxiy!” degan. Tabiiyki, bundan ayrimlar norizo bo‘ladi. Shu sabab Hazrat Xoja Kalon deydilarki: “Bozordan non olib kelib, u kishiga yediringlar!” Shubhali taomni tanovul qilganlaridan so‘ng Hazrat Hoshimdagi bu qobiliyat yo‘qolgan. “Kashko‘li Salimiy”, “Tarixi Muqimxoniy” kitoblarida yozilishicha, ashtarxoniy Vali Muhammad Buxoro taxtidan ag‘darilgandan so‘ng Eron hukmdori Shoh Abbos huzuriga borib, undan yordam so‘raydi. Vali Muhammad 80 ming eronlik qizilbosh bilan Buxoro ustiga bostirib keladi. Buxoro xoni Imomqulixon nochor qolib, Hazrat Xoja Hoshimga murojaat qiladi. Hazrat Xoja Hoshim Imomqulixonga dalda berib, uning haqiga duo qiladilar. Mana shu duoning barakotidan Imomqulixon ushbu jangda yengadi. Natijada Vali Muhammad asir tushib, qatl etiladi, qizilboshlar mag‘lub bo‘lib, ko‘plari qiriladi. Manbalarda yozilishicha, Hazrat Xoja Hoshim 1635-yilda vafot etgan va qabri Samarqanddagi Dahbedda, bobosi va otasining yonidadir[2].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Yoʻldoshev N. Buxorodagi ayrim avliyolar tarixi. Buxoro: Buxoro nashriyoti, 1993 — 143 bet. 
  2. Sadriddin Salim Buxoriy. Buxoroning tabarruk ziyoratgohlari. Buxoro: Durdona nashriyoti, 2012 — 291 bet.