Xoja Hasan Andoqiy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Xoja Hasan Andoqiy, Abu Muhammad Hasan ibn Husayn al-Andoqiy (1069, Buxorodagi Andoq qishlogʻi – 1157.2.11, Buxoro) – xojagonlik tariqatining yirik namoyandasi. Buxoro madrasalarida tahsil olgan. Xojagon-naqshbandiya tariqatining mashhur shayxi Xoja Yusuf Hamadoniyning isteʼdodli muridi va 2-xalifasi sifatida ustozi bilan birgalikda Xorazm va Bagʻdodga borgan. Oʻz umrini muridlarni tarbiyalash bilan oʻtkazgan. Shuningdek, Xoja Hasan Andoqiy tasavvufning xojagonlik tariqatini ishlab chiqishda Abduxoliq Gʻijduvoniyga katta yordam bergan. „Rashahot“ asarida yozilishicha, „u oʻz davrining buyuk shayxlaridan biri va tariqat yoʻlida eng yaxshi insonlardandir“. Mashhur olim Samʼoniy Marvdagi Yusuf Hamadoniy xonaqosi va Buxorodagi xonaqoda ul zotdan hadis ilmini oʻrgangan.

Adabiyot[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Abdulkarim as-Samʼoniy, Nasabnoma (Al-Ansob), Buxoro, 2003;
  • Faxruddin Ali Safiy, Rashahot, T., 2003;
  • Hasaniy M., Razzoqova M., Xojagon tariqati va Xoja Hasan Andoqiy, T., 2003.