Xoja (unvon)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Xoja (fors. — xoʻja, xoʻjayin) — tasavvufda tariqat mashoyixlariga beriladigan unvon. Bu unvon, asosan, Yusuf Hamadoniydan boshlab ishlatila boshlangan. Mas, Xoja Yusuf Hamadoniy, Xoja Abduxoliq Gʻijduvoniy, Xoja Axmad Yassaviy, Xoja Muxammad Samosiy, Xoja Bahouddin Naqshband, Xoja Ahror Valiy va h.k. Undan oldingi ulugʻ pirlarga "shayx" unvoni berilar edi.